16Jun-2026
Dunyo mamlakatlari
Taniqli aktyor va teleboshlovchi Rustambek Nasriddinov: “Dunyo mamlakatlari” kitob javoningiz xazinasiga aylanadi!
Avstraliya, Bagam orollari, Belgiya, Germaniya, Bolgariya va Buyuk Britaniya…
Eh-he, bu ro‘yxatni yana qanchaga davom ettirish mumkin. Dunyo shunday ulkan va rang-barangki, uni go‘yo sahifalari tugamaydigan ajoyib bir kitobga o‘xshatish mumkin.
Bugun sizga nafaqat ulkan ma’lumotlar bazasini, balki haqiqiy sayohat ilhomini taqdim eta oladigan, xuddi shu nomdagi ajoyib asar haqida gapirib bermoqchimiz.
Sayyoramizdagi deyarli barcha davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va geografik manzarasi bitta kitobda jamlangan.
Mahobatli ensiklopediya: salkam 1200 betga yaqin eng sara va qiziqarli ma’lumotlar to‘plami. Kitob javoningizdagi ulkan va qiymatli xazinaga aylanishi aniq.
Muallif Lazizbek Rahmatov bu asarni chinakam millatsevarlik ruhi bilan yaratgan. Kitobdagi har bir mamlakat haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston bilan bog‘langan holda, o‘zaro munosabatlarimiz prizmasi orqali yoritilgan.
Ushbu kitob o‘zingiz, farzandlaringiz va yaqinlaringiz uchun dunyoqarashni kengaytiruvchi qiymatli sovg‘a bo‘la oladi.
👉 📚Кitobning bosma nashrini sotib olish: @Lazizbek11111
👉 📱 Kitobning elektron variantini o’qish: @kitobtargibot