24Apr-2026
Mio bolajonim Mio

Mio asl ismi Bu Vilxelm Ulson boʻlgan yigitcha. Tutingan ota-onasi bag’riga sig’dirmagan bolakay mo’jiza sodir bo’lib, o’z otasi hukmronlik qiladigan yurt – Uzoq Mamlakatga borib qoladi. Bu yerda do’stlar orttiradi, odamlarning bir-birlariga bo’lgan mehr-muhabbatini ko’rib, hayratga tushadi. Otasi har gal «Mio, bolajonim Mio», deya erkalaganda esa dunyoning eng baxtli bolalari qatorida koʻradi oʻzini. Yovuz Kato esa Uzoq Mamlakatning eng katta dushmani. Qolaversa, u shu mamlakat bolalarining ko’pchiligi yuragini toshga aylantirgan va ularni ota-onasidan judo qilgan. Yovuz Katoga qarshi jangga otlangan Mio o’quvchi ko’z o’ngida haqiqiy qahramon sifatida gavdalanadi. Kitob sarguzashtlarga boy va ilk bora oʻzbek tilida nashr qilinmoqda.
✅ Taxtako‘pir tumani Axborot-kutubxona markazi fondidan o‘rin olgan, kelib o‘qib qolishingizni tavsiya etib qolamiz
Telegram| https://t.me/taxtalib_uz
Telegram| https://t.me/taxtakitapxanasiiii
Facebook| https://www.facebook.com/profile.php?id=61576867507548
YouTube| http://www.youtube.com/@taxtalib_uz4686
Website| https://taxtalib.uz/